Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning "Aqidatut Tahoviya sharxining talhiysi" kitobi asosida.
Shayx hazratlarining "Aqidatut Tahoviya sharxining talhiysi" kitobini o'qib chiqqanimizdan keyin, arab tili bilan mutlaqo tanish bo'lmagan, islom tarixi, aqida ilmini rivojlanish jarayoni haqida boshlang'ich ma'lumotga ega bo'lmagan inson uchun, kitob og'ir tuyulishi, tushunarsiz masalalar ko'p bo'lishi mumkin deb o'ylab qoldik.
Fikrimizcha, agar hazratning kitoblarini yanada qisqartirilsa, sodda so'zlar bilan tushuntirib berilsa, arab tilidagi ba'zi so'zlarga izoh berilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ushbu maqola quyidagi ko'rinishda yoziladi:
Quron karim dalillari arab tilida va mano'lar tarjimasi bilan keltiriladi va ular Tafsiri Hilol kitobidan olinadi.
Imom Tahawiy rahimahulloh o'zlari, kitob boshida aytadilar:
Ushbular Ahli Sunna va Jamoa faqihlari Abu Hanifa No'mon ibn Sobit,
Abu Yusuf, Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy rahimahullohlarning
mazhabiga binoan aqidadur...
Shofeiy mazhabining tarixdagi eng katta ulamolaridan biri Taj al-Din al-Subki (1327-1370) rahimahulloh, o'zlarining Kitāb Mu'īd an-Ni'am wa-Mubīd an-Niqām kitoblarida yozadilar:
Hanafi, Moliky, Shofeiy va Hanbaliylarning eng a'lolari
aqida borasida birdirlar - Ahli Sunna va Jamoa aqidasidalar...
Barcha shu mazhab egalari Abu Ja'far at-Tahawiy aqidasiga qo'shiladilar
va Ashariy aqidasi ham uni ichiga kiradi
O'tgan asr katta ulamolaridan Alloma mufti Muhammad Shafi rahimahulloh (Mufti Taqi Usmoniy hazratlarining otalari) yozadilar:
Ilm egalari uchun Aqida al-Tahawiyning qadri sir emas. Bu kitobda
Ahli Sunna va Jamoa aqiydasini, ummat ustuni Sahobai kiromlar va Tobeinlar
roziyallohu anhum qanday e'tiqod qilgan bo'lsalar, shunday jamlangan
Imom Abū Ja'far Aḥmad ibn Muḥammad al-Ṭaḥāwīy rahimahulloh 843 yil Misrning Taho qishlog'ida tavallud topdilar. Onalari, va to'galari Imom Al-Muzaniy, Imom Shofeiy rahimahullohning shogirdlari bo'lishgan va darslarda qatnashishgan.
Imom Tahawiy rahimahulloh 20 ga kirganlarida, Shofeiy mazhabidan Hanafiy mazhabiga o'tadilar. Misr, Suriyaning o'sha davrdagi bosh muftilaridan dars oladilar.
Umrlari davomida ko'plab kitoblar yozib qoldirganlar. Jumladan:
Imom Tahawiy rahimahulloh 933 yilda Misrda vafot etadilar va u yerdagi Qarafa shahrida ko'milganlar.
Ibn 'Abd al-Barr al-Maliki (978-1071) rahimahulloh (Molikiy mazhabinig eng katta olimlaridan) o'zlarining Jami' Bayan al-'Ilm wa Fadlihi kitoblarida yozadilar:
Hanafi mazhabi asoschilarining hayotlari, ulardan kelgan hadislar bo'yicha
eng yetuk olim edilar, va barcha mazhab masalalarida ilmli edilar...
Imom Al-Dhahabi (1274-1348) rahimahulloh (hadis bo'yicha tarixdagi eng kuchli Shofeiy olimlardan) o'zlarining As-Siyar kitoblarida, Imom Tahawiy rahimahulloh haqida:
Imom, eng buyuk olimlardan, hofiz (Qur'on ilmi sohibi),
muhaddis (hadis ilmi sohibi) va faqih (fiqh ilmi egasi)...
deb ta'rif beradilar.
Badr al-Din al-Ayni (1360-1453) rahimahulloh (Hanafi mazhabining katta shayxlaridan birlari) o'zlarining Sharh Ma'ani al-Aathar kitoblarida Imom Tahawiy rahimahulloh haqida quyidagilarni yozadilar:
O'z davrining eng buyuk olimlaridan, faqih, isnad himoyachisi,
ishonchli ilm egasi, avlodlarga ibrat bo'lgan ulug' olim...
Malikiy, Shofeiy va Hanafi mazhablarining tarixdagi katta ulamolarining Imom Tahawi rahimahulloh haqida yozgan so'zlari u kishining ilm martabasi yuqoriligiga dalolat bo'ladi.
Al-Aqida al-Tahawiyyah kitobi, o'zini Ahli Sunna va Jamoa aqidasidaman deb hisoblagan har bir inson ishonishi shart bo'lgan 105 aqidaviy qismdan iborat, har birlari katta harfda, raqamlangan holda yoziladi.
Dalil. Ixlos surasi, 1-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
Ayt: "U Alloh Yagonadir"
Izoh. Alloh taolodan o'zga iloh yo'q. Zumar:4, Ash-Shuro:11 oyatlari ham Alloh yagonaligi haqida aytadilar.
Dalil. Shuro surasi, 11-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
U zotga o'xshash hech narsa yo'qdir. U Zot o'ta eshitguvchi, o'ta ko'rguvchi Zotdir.
Izoh. Ushbu "Allohning hech narsa, hech kimga o'xshamasligi" muhim haqiqat va keyingi boblarda bu masalaga yana ko'p muroja't qilinadi.
Dalil. Fatir surasi, 44-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta U Zot o'ta biluvchidir, o'ta qodirdir.
Izoh. Allohning qudrati oliy va barkamoldir. U biror ishga hukm qildimi, hech kim u ishni man qilolmas, biror ishni xohlamadimi, Uni hech kim majbur qilolmas.
Dalil. Baqara surasi, 163-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
Va ilohingiz yagona Ilohdir. Undan o'zga iloh yo'q. U o'ta mehribondir, o'ta rahmlidir.
Izoh. Iloh so'zi Ibodatga sazovor zot ma'nosini bildiradi. Ya'ni Allohdan boshqa zot bandaning ibodatiga loyiq emas. Allohdan boshqaga ibodat qilinmaydi.
Dalil. Hadid surasi, 3-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
U Avvaldir, Oxirdir
Hadis. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohim, Sen Avvalsan, sendan oldin hech narsa yo'q, sendan keyin hech narsa yo'q dedilar
Imom Muslim, Imom Abu Dawud rivoyat qilishgan
Izoh. Allohning borligini, mavjudligini boshlanishi yo'q va oxiri, tugashi yo'q. Dunyodagi har bir narsani boshi va oxiri bor. Inson tug'iladi (boshlanish) va vafot etadi (tugash). Daraxt o'sadi (boshlanish) va quriydi (tugash). Allohni boshlanishi ham, oxiri ham yo'q.
Dalil. Rahmon surasi, 26 va 27-oyatlar
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
(Yer) yuzidagi barcha jonzot foniydir. Ulug'lik va ikrom egasi Robbingning O'zigina boqiydir
Izoh. Foniy so'zi o'z o'zidan yo'q bo'lib ketishni bildiradi. Yo'q ham bo'lmas bu birov sababidan halok bo'lishini bildiradi. Ya'ni Alloh o'z o'zidan ham, birov sababchiligi tufayli ham yo'q bo'lmas.
Dalil. Baqara surasi, 253-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
Lekin Alloh nimani iroda qilsa shuni qiladi
Izoh. Dunyodagi har bir narsa, har bir ish, voqea faqat Alloh taoloning irodasi, xohishi bilan yuz beradi.
Dalil. Toho surasi, 110-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
Ular esa Uni (Allohni) ilm ila ixota qila olmaslar
Izoh. Allohni fikr-hayol bilan anglab ololmimiz, aql bilan idrok etolmimiz. Insonning miyasi Allohni anglashga, tasavvur qilishga kuchi yetmas. Tasavvur qildim degani taxmin qildim degani. Fahmladim degani, bildim degani. Allohni tasavvur ham, fahm ham qilolmimiz.
Dalil. Shuro surasi, 11-oyat
Image Not Showing Possible ReasonsLearn More →
- The image file may be corrupted
- The server hosting the image is unavailable
- The image path is incorrect
- The image format is not supported
U zotga o'xshash hech narsa yo'qdir. U Zot o'ta eshitguvchi, o'ta ko'rguvchi Zotdir.
Izoh. Yaratilgan maxluqotlarning birortasi Allohga o'xshamas. Sifat jihatdan ham, zot jihatdan ham, ism jihatdan ham, hukm jihatdan ham Allohga o'xshashi yoq. Ya'ni Alloh bilan biror maxluqotni hech qanaqasiga solishtirib bo'midi.
Dalil. Baqara surasi, 255-oyat
Alloh - Undan o'zga iloh yo'q. U Hayy va Qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas
Izoh. Alloh taoloning hayoti abadiydir, hech qachon o'lmas. Uni hech qachon mudroq bosmas, U hech qachon uxlamas. O'lim, uyqu, mudroq, charchash - bularning barchasi bandaning, yaratilgan maxluqotlarning sifatidir.
Dalil. Fotir surasi, 15-oyat
Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz, Alloh o'ta behojatdir, o'ta maqtalgandir
Zoriyot surasi, 58-oyat
Albatta, Alloh O'zi rizq berguvchi, quvvat egasi, shiddatlidir
Izoh. Alloh taolo biror bir narsaga muhtoj bo'lmagan holda maxluqotlarni yaratadi. Shuningdek, maxluqotlarga hech bir og'irliksiz, evaz talab qilmasdan rizq beruvchidir.
Dalil. Baqara surasi, 28-oyat
Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, so'ngra joningizni oladi va yana tiriltiradi va sizlar Unga qaytajaksizlar
Izoh. Alloh taolo bandalarini jonini zarracha ham qo'rqmasdan oladi. Ularni qayta tiriltirish Alloh uchun hech qanday qiyinchilik olib kelmaydi.
Dalil. Niso surasi, 96-oyat
…va Alloh o'ta mag'firatlidir, o'ta rahmlidir
Shuro surasi, 11-oyat
…va U Zot o'ta eshitguvchidir, ko'rib turuchidir
Shu oyatlarga o'xshagan ko'plab oyatlardagi ismiy jumlalar, Alloh taoloning sifatlarni bardavomligiga dalolat qiladi.
Izoh. Misol uchun, biror bir kimsa bizni oldimizga kelib, men kulolman desa, biz "Qa'ni bitta yasagan ko'zani ko'rsat" deb savol bersagu, u birorta ham ko'za yasamagan bo'sa, biz u insonni kulol demaymiz.
Oshpaz degan nomni olish uchun ovqat qilish kerak. Hech nima pishirmasdan turib oshpazman deya olmaymiz.
Biror bir sifatga ega bo'lish uchun, natija kerak.
Ammo, Alloh taoloning ismu, sifatlari bundan mustasno. Butun koinot, osmonu yer, odamlaru hayvonotlar yaralishidan oldin ham Allohning barcha ismu, sifatlari bor edi. Hamma narsa yaralganidan keyin U Zotning sifatlariga yangi biror narsa qo'shilmadi.
U Zotning barcha sifatlari abadiy qoladi yo'q bo'lib ketmaydi.
Dalil. Hashr surasi, 24-oyat
U Allohdir, Xoliqdir, Bori'dir, Musovvirdir
Izoh. Xoliq ning ma'nosi - (Bori' bilan kelganda) taqdir qiluvchi - o'lchovli qiluvchi bo'ladi. Bori' ning ma'nosi esa paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi bo'ladi.
Ya'ni, Allohning yaratuvchilik, taqdir qiluvchilik, paydo qiluvchilik sifatlari maxluqotlar yaralmasdan oldin ham bor edi, yaratilganlaridan keyin ham bor, abadiy qoladi.
Yuqorida aytilganidek, kulolchi sifatini olish uchun ko'za yashash shart bo'lsa, Allohning yaratuvchi sifati uchun biror bir narsaning yaratilgan bo'lishi shart emas.
Dalil. Baqara surasi, 21-oyat
Ey odamlar, sizlarni va sizlardan oldingilarni yaratgan Robbingizga ibodat qiling
Izoh. Marbub - tarbiyalanuvchi, ya'ni biz bandalar, maxluqotlar. Robb - tarbiyachi ma'nosini bildiradi. Bandalar yaratilmasdan oldin ham Alloh taoloning Robb ekanligi ravshandur.
Dalil. Rum surasi, 50-oyat
Albatta, ana shu Zot o'likrlarni ham tiriltiruvchidir va U har bir narsaga qodirdir
Izoh. Allohning sifatlari azaliy va abadiy ekanligi, maxluqotlarning yaratilishi tufayli biror bir yangi ism, sifat Allohda paydo bo'lmaganligini Imom Tahawiy rahimahulloh qayta qayta takrorlab yozganlari, biz o'quvchilar uchun bu mavzuni mustahkam tushunib olishimiz lozimligini bildiradi.
Dalil. Shuro surasi, 11-oyat
U Zotga o'xshash hech narsa yo'qdir, U o'ta eshituvchidir, ko'rib turuvchidir
Rum surasi, 50-oyat
… va U har bir narsaga qodirdir
Izoh. Mu'taziliylar Allohning yuqoridagi (Rum surasi) oyatini buzib "Alloh o'zini qudrati yetgan narsaga qodirdir" deb aytishgan.
Ahli sunna va jamoa esa: "Alloh har bir bo'lishi mumkin narsaga qodirdir. Bo'lishi mumkin bo'lmagan narsaga aql egalari e'tibor bermaydilar, vaqtlarini ketkazmaydilar" deyishadi.
Dalil. Mulk surasi, 14-oyat
Yaratgan Zotning O'zi bilmasmi? Holbuki, U daqiqlargacha biluvchi, xabardor Zotdir
Izoh. Alloh taolo maxluqotlarni bilib turib paydo qildi, vujudga keltirdi.
Dalil. Qamar surasi, 49-oyat
Albatta, Biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik
Ahzob surasi, 38-oyat
Allohning amri belgilangan qadar bo'ldi
Izoh. Alloh taolo maxluqotlarning har biriga hayot, rizq, izzat, xorlik, fano va zavoldan muayyan qadarni belgilab qo'ydiki, har bir narsa Uning huzurida o'lchovlidir.
Dalil. A'rof surasi, 145-oyat
Bas, qachonki ularga muddatlari kelsa, biror soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar
Izoh. Hammaning ajali belgilangandir. Alloh taoloning huzurida har bir narsaning bor yoki yo'q bo'lishi uchun belgilangan muayyan vaqt bor. O'sha vaqt kelganda mazkur narsa bor yoki yo'q bo'ladi.
Dalil. Tag'obun surasi, 2-oyat
U sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, sizdan kofir bor va sizdan mo'min bor. Alloh nima amal qilayotganingizni o'ta ko'rib turuvchidir
Izoh. Alloh taolo O'z maxluqotlarini ularni yaratishdan oldin bilar edi - dunyoga kelgandan keyin nima qilishlari, yaxshi ishlari-yu, yomoni, ularning ajal vaqtlari, hammasi U Zotga ayon.
Dalil. Zoriyot surasi, 56-oyat
Jin va insni faqatgina Menga ibodat qilishlari uchun yaratdim
Izoh. Alloh maxluqotlarni yaratib, ajal va taqdirlarini belgilab qo'ygandan so'ng behuda tashlab qo'ymadi. Balki, ularni O'ziga itoat qilishga amr etdi va ma'siyat qilishdan qaytardi.
Dalil. Inson surasi, 30-oyat
Va Alloh hohlasagina sizlar hohlaysizlar. Albatta, Alloh o'ta bilguvchidir, o'ta hikmatlidir
Izoh. Olamdagi har bir narsa - hursandchiligu alam, foydayu zarar, musibatu rohat, izzatu xorlik, kambag'alligu boylik, o'limu hayot va shunga o'xshash hamma narsalar Alloh taoloning taqdiri, hohishi ila joriy bo'ladi, yuzaga keladi.
Dalil. An'om surasi, 39-oyat
Alloh kimni hohlasa, adashtirur va kimni hohlasa, to'g'ri yo'lda barqaror qilib qo'yadir
Izoh. Alloh taolo kimni to'g'ri yo'lga boshlasa, hidoyat qilsa, gunohlardan muxofaza qilsa, albatta O'z hohishi va fazli ila qiladi. Kimni zalolatga ketkazsa, jazolar bilan sinovga duchor qilsa, yordamsiz tashlab qo'ysa, albatta, O'z adolati ila qiladi.
Dalil. Tag'obun surasi, 2-oyat
U sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, sizdan kofir bor va sizdan mo'min bor. Alloh nima amal qilayotganingizni o'ta ko'rib turuvchidir
Izoh. Xaloyiqning barchasi Alloh taloning hohishi doirasida (ba'zilariga U Zotning hidoyati bor, boshqalariga zalolati, jazosi va sinovi bor) va U Zotning fazli va adolati orasida hayot kechiradilar. Alloh kimni iymonga hidoyat qilsa, O'z fazli ila qilur. U Zotga hamdlar bo'lsin. Kimni zalolatga ketkazsa, adolati ila ketkazur. U Zotga hamdlar bo'lsin.
Dalil. Baqara surasi, 22-oyat
Bas, bilib turib, Allohga tengdoshlar qilmang
Izoh. Zid - muxolif (teskarisi) degani, tengdosh - o'xshash degani. Alloh taologa muxoliflik qiluvchi ham, o'xshashi ham yo'q. U Zot nima hohlasa bo'ladi, nimani hohlamasa bo'lmaydi.
Dalil. Fotir surasi, 2-oyat
Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qoluvchi bo'lmas. Nimani ushlab qolsa, Undan keyin uni qo'yib yuboruvchi bo'lmas. Va U Zot Azizu Hakimdir
Izoh. Hech kim va hech narsa uning amridan ustun kela olmaydi, qazosini rad etolmaydi, hukmini ortga sura olmaydi. Alloh taolo daraxt bargini uzilishini hohlasa, amr etsa, biror bir narsa uni ortga sura olmaydi, ma'n eta olmaydi.
Dalil. Niso surasi, 78-oyat
"Hammasi Allohdan", deb ayt!
Izoh. Yuqorida o'tgan, yozilgan narsalarning barchasiga iymon keltirdik. Borliqdagi har bir narsa faqat Alloh talonning huzuridan, Uning qazoi qadari, irodasi, hohishi va vujudga keltirishi ila paydo bo'lgan deb qattiq ishondik.