2.2-dars Hyper-V [TOC] ### Generatsiyani tanlash: - Generation 1: Bu pokolenya eski BIOS asosida ishlaydi. 32-bit va 64-bit operatsion tizimlarni qo'llab-quvvatlaydi. Virtual mashinalar uchun legacy (eski) qurilmalarni qo'llab-quvvatlaydi, masalan, IDE disklar va BIOS asosidagi yuklash. Ba'zi eski dasturlar yoki tizimlar uchun mos kelishi mumkin. - Generation 2: UEFI (Unified Extensible Firmware Interface) asosida ishlaydi. Faqat 64-bit operatsion tizimlarni qo'llab-quvvatlaydi. Yuqori darajada xavfsizlikni ta'minlaydi, masalan, Secure Boot funksiyasi bilan. Disklarni SCSI orqali yuklash imkonini beradi va zamonaviy virtual qurilmalar bilan yaxshi mos keladi. - SCSI (Small Computer System Interface) — bu kompyuterlar va periferik qurilmalar o'rtasida ma'lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan interfeys standartidir. SCSI ko'plab qurilmalarga, jumladan, qattiq disklar, skanerlar, printerlar va boshqa saqlash qurilmalariga ulanishda qo'llaniladi. ### Hyper-V da virtual mashina yaratishda uchta variant mavjud: - Создать виртуальный жесткий диск (Create a virtual hard disk): Bu variant yangi virtual disk yaratishga imkon beradi. Siz yangi virtual mashinangiz uchun yangi VHD yoki VHDX diskini yaratasiz. Bu disk yangi operatsion tizim va ma'lumotlarni o'rnatish uchun tayyor bo'ladi. Odatda, agar siz yangi virtual mashina yaratmoqchi bo'lsangiz, bu variantni tanlaysiz. - Использовать имеющийся виртуальный жесткий диск (Use an existing virtual hard disk): Bu variant avvaldan yaratilgan virtual diskni tanlash imkonini beradi. Agar sizda oldin yaratilgan yoki mavjud virtual disk bo'lsa, uni shu yerda tanlab, yangi virtual mashinaga qo'shishingiz mumkin. Bu variant ko'pincha mavjud virtual mashinalardan ko'chirish yoki resurslarni qayta ishlatish kerak bo'lganda foydalidir. - Подключить виртуальный жесткий диск позже (Connect a virtual hard disk later): Bu variant virtual diskni hozir yaratmaslik yoki tanlamaslik imkonini beradi. Siz virtual mashinani yaratganingizdan so'ng, diskni keyinchalik ulashingiz mumkin. Bu variant, masalan, avvaldan tayyorlangan operatsion tizimlarni o'rnatish jarayonida yoki diskning konfiguratsiyasini keyinroq belgilashda foydalidir. ### VM bilan ishlash Hyper-V'da mashinani "экспорт" qilish va "переместить" qilish jarayoni ikkita turli vazifani bajaradi: Экспорт qilish: Bu jarayon virtual mashinani (VM) boshqa joyga saqlab qo‘yish imkonini beradi. Eksport qilingan mashina fayllarini (disklar, konfiguratsiya fayllari va boshqalar) bitta joydan ikkinchi joyga ko‘chirishingiz mumkin. Bu, masalan, backup qilish yoki virtual mashinani boshqa Hyper-V muhitiga olib o‘tish uchun foydali. Переместить qilish: Bu jarayon virtual mashinani bir joydan boshqa joyga ko‘chirishni anglatadi. Bu, masalan, virtual mashina saqlanadigan disk joyini o‘zgartirish yoki boshqa serverga ko‘chirish uchun ishlatiladi. "Переместить" jarayonida, mashina odatda ishlayotgan bo‘lishi mumkin va ko‘chirish jarayoni tezroq bo‘ladi, chunki faqat ma'lumotlar ko‘chiriladi. ### Usefull links https://www.youtube.com/watch?v=txpxv5LCA_8