# Bozzi ilovasida buyurtmalarni boshqarish
#### Ilovada buyurtmalar holati o‘zgarib turadi. Buyurtmalar uchun quyidagi asosiy statuslarni qo‘llash mumkin:
 - yangi buyurtma kelib tushdi;
 - do‘kon buyurtmani qabul qildi;
 - buyurtma yetkazib berish uchun topshirildi. Agar xaridor do‘kondan olib ketish usulini tanlagan bo‘lsa, **“Mijoz kutilyapti”** matni chiqadi;
 - mijoz xaridni qabul qilib oldi. Agar xaridor do‘kondan olib ketish usulini tanlagan bo‘lsa, **“Topshirildi”** matni chiqadi;
 - xarid bekor qilindi.
Mahsulotning to‘liq maʼlumotini tugmasini bosish orqali ko‘rishingiz mumkin. Ushbu sahifada buyurtma narxi, yetkazib berish usullari, xaridorning telefor raqami va manzili mavjud.
Agar mijoz **tavsif** qoldirgan bo‘lsa, uni  tugmasi yordamida tanishishingiz mumkin.
Buyurtma **tafsilotlarini** xaridorga  orqali aniqlashtirish imkoni bor.